Toshkentda faxriylar futbol jamoalari Ravshan Do‘rmonov xotirasi uchun maydonga tushdilar

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishFutbol
Futbol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ravshan Do‘rmonov 2018-yili, 47 yoshida vafot etgan edi.

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Toshkent shahridagi "Obod" stadionida Ravshan Do‘rmonov xotirasiga bag‘ishlab faxriylar futbol jamoalari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Bivshiy gl.trener “Navbahor” Mo‘minjonov Ilhom  - Sputnik O‘zbekiston
O‘FA Etika qo‘mitasi Ilhom Mo‘minjonovni 5-yilga futboldan chetlatdi

Ravshan Do‘rmonov — 1971-yilda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tug‘ilgan. "Dinamo" PFK jamoasi va Surxondaryo futbolining yorqin namoyandasi, Do‘rmonovlar sulolasining kenja vakili, o‘z vaqtida "Dinamo" jamoasi sharafini munosib himoya qilgan.

2018 yili 47 yoshli sobiq futbolchi vafot etgan edi.

O‘zbekiston "Veteran" jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqada "Sardor", "Inter", "Inter Sport" hamda "Polot" faxriylar futbol jamoalari o‘zaro bellashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining birinchi mudofaa vaziri – nafaqadagi general-polkovnik Rustam Ahmedov ham qatnashib, futbol musobaqasi ishtirokchilarini qutladi. U Ravshan Do‘rmonovning xotirasi hech qachon o‘chmasligini ta’kidlab o‘tdi.

Murosasiz kechgan musobaqa yakunida "Sardor" faxriylar futbol jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar diplom, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

© Minoboroni RUzV Tashkente sigrali match v pamat futbolista PFK "Dinamo" Ravshana Durmanova
Toshkentda faxriylar futbol jamoalari Ravshan Do‘rmonov xotirasi uchun maydonga tushdilar - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente sigrali match v pamat futbolista PFK "Dinamo" Ravshana Durmanova
Yangiliklar lentasi
0