UzAirways Turkiyadagi Otaturk aeroportiga barcha parvozlarni to‘xtatmoqda

© Foto : ERIC SALARDSamolet aviakompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose v aeroportu
Samolet aviakompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi "O‘zbekiston havo yo‘llari" 7-apreldan boshlab Turkiyadagi "Otaturk" aeroportiga parvozlarni to‘xtatmoqda va barcha reyslarni Istanbulning yangi Istanbul New Airport havo bandargohiga ko‘chirmoqda

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Istanbulning Otaturk nomidagi aeroportiga fuqaro aviatsiyasi parvozlarini to‘xtatayotganini ma’lum qildi. 2019-yil 7-apreldan boshlab milliy aviatashuvchining barcha parvozlari - Istanbul New Airport - yangi havo bandargohiga ko‘chiriladi, deb xabar qilingan MAK saytida.

Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekiston havo yo‘llari” chipta xarid qilish bo‘yicha yangi onlayn-to‘lov usulini qo‘shdi

Bundan tashqari, "Otaturk" aeroporti yopilishi munosabati bilan "O‘zbekiston haqo yo‘llari" 5-apreldagi HY271/272, HY273/274 va HY275/276 (shuningdek, 6-apreldagi HY271/272 va HY273/274) reyslarini bekor  6-aprelya.

Uzbekistan Airways kompaniyasi ko‘rsatilgan reyslarga chiptalari rasmiylashtirilgan yo‘lovchilarga xarid qilingan joyda chiptalarni qaytarib berish, yoki uchish vaqtini aviachipta amal qilish muddati o‘tmasidan jarima to‘lovisiz almashtirib olish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Aviakompaniya, shuningdek, registratsiya va parvozoldi rasmiy ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish kerakligini eslatib o‘tgan va barcha yo‘lovchilarni yangi aeroportga jadval bo‘yicha belgilangan parvoz vaqtidan ikki-uch soat oldin kelishga chaqirgan.

Istanbulning yangi aeroportida registratsiya muddati bir soat oldin yakunlanadi, samolyotga chiqish vaqti esa uchish vaqtidan 20 daqiqa oldin to‘xtatiladi.

Istanbul New Airport Istanbulning Yevropa qismidan 35 km shimolroqda joylashgan. Yangi havo bandargohi barcha muntazam reyslar uchun 2018-yil 29-oktabrda ochilgan. Aeroportda to‘rtta uchish-qo‘nish yo‘lagi mavjud bo‘lib, u 15-yildan so‘ng 150-200 million yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega.

Otaturk nomidagi eski aeroportni yopish rejalashtirilmoqda. Turkiyadagi ushbu eng yirik havo gavani shaharga 40-yildan ortiq xizmat ko‘rsatgan.

Yangiliklar lentasi
0