Toshkentga sovitish tizimiga ega yangi avtobuslar olib kelindi

© Podrobno.uzAvtobusi v Tashkente
Avtobusi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda yozgi jaziramada shahar bo‘ylab sovutish tizimlari joriy etilgan avtobuslar yurishni boshlaydi.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Toshkent avtoparklarga yangi 8 ta avtobus olib kelindi, deb xabar qilindi “Toshshahartransxizmat” telegram kanalida.

Avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga qatnash uchun Xitoydan 100ta avtobus sotib olindi

Xabarda yozilishicha, yozgi jaziramada shahar bo‘ylab sovutish tizimlari joriy etilgan avtobuslar yurishni boshlaydi.

“Bu yoz shaxarda yashovchi mahalliy aholi va poytaxtimiz mehmonlari nafakat yangi biznes majmualar va yashash komplekslari, balki qulay haroratda avtobuslarimizda yashash yoki ishlash manziliga yetib olishdan bahramand bo‘ladilar”, - deyiladi “Toshshahartransxizmat” xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylariga 30 ta katta sig‘imdagi "MAN" rusumli avtobuslar olib kelingani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0