TIV xorijga ketayotgan o‘zbekistonliklarga yana bir muhim eslatma bilan chiqdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV xorijga ketayotgan fuqarolarga pasport bo‘yicha eslatma bilan chiqdi.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekiston TIV xorijga ketayotgan fuqarolarga  pasport bo‘yicha eslatma bilan chiqdi.

TIV ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Jasurbek Toshpo‘latov 2019-yilning 25-mart kuni diplomatik vakolatxonaga murojaat qilib, u hisobga qo‘yib berish bahonasida olib qo‘yilgan va qaytarib berilmagan o‘zining milliy pasportini qaytarib olishida yordam ko‘rsatishni so‘ragan.

Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
TIV O‘zbekiston fuqarolariga muhim eslatma bilan chiqdi

“O‘rnatilgan tartibdan kelib chiqqan holda 30-mart kuni unga vatanga qaytish guvohnomasi berilgan. Shu bilan birga, u pasportining qonunga xilof tarzda olib qo‘yilgani haqida ariza bersa, mazkur masala Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi”, - deyiladi TIV rasmiy xabarida.

Ushbu va shunga o‘xshash boshqa holatlardan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijga chiquvchi vatandoshlarga hech bir holatda va har qanday vajga qaramay O‘zbekiston fuqarosi pasportini begona shaxslarga bermaslik kerakligini eslatib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq TIV Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyada hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ushbu mamlakat hududidan chiqishda jami 10 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan har qanday valyutani deklaratsiya qilmasdan olib ketish mumkinligini eslatgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0