O‘zbekiston va Eron hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBivshee zdanie MID Uzbekistana
Bivshee zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda 2019-yilda savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishini hamda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish jadvali borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. 2019-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri yordamchisi, Yevroosiyo Bosh boshqarmasi boshlig‘i G‘ulomrezo Boqeriy bilan uchrashdi.

Vid na telebashnyu Bordj-e Milad v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Eron Afg‘oniston masalasini muhokama qildi

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda mintaqadagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda 2019-yilda savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishini hamda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish jadvali borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Mozori-Sharif - Hirot yo‘nalishidagi transafg‘on temir yo‘l liniyasini qurish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Eron elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy ishtirok etdi, deb xabar qiladi TIV matbuot-xizmati.

Yangiliklar lentasi
0