TOShKENT, 14 mar - Sputnik. Bugun, 14-mart kuni Toshkent shahrida yo‘l yotiq chiziqlari chizilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarning yo‘l qatnov qismida harakat qisman cheklanadi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimiyati.
Harakat, xususan, quyidagi ko‘chalarda soat 11:00 dan 18:00 gacha cheklanadi:
- Beshog‘och ko‘chasining Furkat ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
- Olmazor ko‘chasining Beshog‘och ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
- I.Karimov ko‘chasining Olmazor ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
- Qoratosh ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan 1-shahar shifoxonasigacha bo‘lgan qismi
“Yo‘l harakatini tashkil etish markazi” DM shahrimiz aholisidan bu noqulaylik uchun uzr so‘raydi va harakatlanish cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxatini ma’lum qiladi", - deyilgan xabarda.