Moskvada Markaziy Osiyo fuqarolari o‘z vatandoshlarini zo‘rladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishZaderjanie podozrevayemix v sovershenii prestupleniya
Zaderjanie podozrevayemix v sovershenii prestupleniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yovuz niyatli shaxslar qizlarga pnevmatik qurol bilan tahdid qilgan

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Moskva g‘arbidagi kvartiralarning birida qizlarni zo‘rlagan erkaklar O‘rta Osiyo fuqarolari ekanligi aniqlandi, deb xabar qildi RIA Novosti huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayangan holda.

Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada besh ayolni o‘ldirgan o‘zbekistonlik manyak ustidan sud boshlanadi

Ilgariroq, boshqa bir manba qurollangan tajovuz 12-mart kuni sodir bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. IIV Bosh boshqarmasi matbuot-xizmati turli manzillarda yashovchi uch nafar gumondor qo‘lga olinganini xabar qilgan.

"Jabrdiydalar ham, yovuz niyatli shaxslar ham O‘rta Osiyo fuqarolaridir", — deb aytgan agentlikka suhbatdosh.

Xabar qilinishicha, qizlar hech qayerda ishlamagan, shu bilan birga talonchilar ularning zargarlik buyumlari, mobil telefonlari va pullarini o‘g‘irlab ketishgan.

Suhbatdoshning aytishicha, bosqinchilar jabrdiylaraga pnevmatik qurol bilan tahdid qilgan.

Moskva Tergov qo‘mitasi bosh tergov qo‘mitasi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, qizlar "pul evaziga intim xizmat ko‘rsatganlar".

1987, 1994 va 1996-yilda tug‘ilgan yovuz niyatli shaxslar - har biri qanday rol o‘ynaganidan qat’iy nazar RF JK 131 moddasi 2 qismi "b" bandi (nomusga tegish), 132 modda 2 qismi (seksual xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari), va 162 modda 3 qismi (talon-taroj)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0