Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar nimaga yo‘naltiriladi?

© GUVD g. TashkentaProverka dokumentov sotrudnikami GIBDD v Tashkente
Proverka dokumentov sotrudnikami GIBDD v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jarimalar summasining 10 foizi YHXB Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Hukumatning ichki ishlar organlari xodimlarini rag‘batlantirishga doir ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qildi.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Alkogol, telefon va tonirovka: Toshkentda yana nimalar uchun haydovchilar jarimaga tortildi

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasining 45 foizi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltiriladi. Ilgari bu qiymat jarimalarning 55 foizini tashkil etgan.

Jarimalar summasining 10 foizi esa Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Qonunchilikka muvofiq, qoniqarsiz faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlardan lavozim maoshining 50 foizgacha jarima solinadi.

Kiritilgan qo‘shimchalar bilan mazkur jarima mablag‘lari Ichki ishlar vazirligi ixtiyorida qoldirilishi belgilandi.

Samarqandda dabdabali to‘y korteji haydovchilari jarimaga tortildi

Yangiliklar lentasi
0