"Lukoyl" O‘zbekiston shimoli-g‘arbida yangi qazilmalarni topishga umid qilmoqda

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishRaspredelitelno-perevalochniy kompleks nefteproduktov "LUKOYL-II"
Raspredelitelno-perevalochniy kompleks nefteproduktov LUKOYL-II - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya kompaniyasi respublika shimoli-g‘arbida "ulkan territoriyani" o‘rganish to‘g‘risida bitimni imzoladi.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Rossiyaning "Lukoyl" neft kompaniyasi kompaniyasi O‘zbekistonda uglevodorodlar zaxirasini kashf qilishga umid bildirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Vagit Alekperov xabar bergan.

Gazovaya stansiya kompanii Lukoyl v Djarkuduke, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Endi "Lukoyl" O‘zbekiston ichki bozoriga ham gaz yetkazib beradi

"Hozirda kompaniya O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismi - ya’ni Qoraqalpog‘istondagi katta territoriyani o‘rganish to‘g‘risida bitim imzoladi. Biz bu territoriyada yangi qazilmalarni kashf qilishga umid qilmoqdamiz, bu bizning loyihalarimiz kelajakda ham taraqqiy etishiga turtki bo‘ladi", - deb ta’kidlagan Alekperov RIA Novostiga.

Alekperovning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya O‘zbekiston iqtisodiga, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti tomonidan o‘tkazilayotgan siyosatga ishonadi, va importning o‘rnini bosish tufayli vujudga kelgan sanksiyalar yumshatilishiga umid qiladi.

"Lukoyl" rahbari, bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodi nafaqat uglevodorodlar, balki rangli va qora metallurgiya, qishloq xo‘jaligi sohalarida ham jadallik bilan taraqqiy etayotganini qayd etib o‘tdi.

 

\

 

 

Yangiliklar lentasi
0