IIV yuqori lavozimdagi militsiya xodimlari "uchastkavoylarga" aylanayotganini rad etdi

© AP Photo / Mikhail MetzelUzbekskie militsioneri
Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 10-yanvar kuni prezident tomonidan berilgan og‘zaki tavsiya asosida Ichki ishlar vazirligi xodimlarining 86 foizini quyi bo‘g‘inga tushirish ishlari boshlangani haqida aytilgan edi

TOShKENT, 12 mar - Sputnik. O‘zbekiston IIV chet el nashrlarida tarqalgan "Mirziyoyev gapidan keyin yuqori rutbali IIV xodimlari uchastka noziriga aylanmoqda" nomli maqolalar yuzasidan raddiya e’lon qildi.

Taktiko-spetsialnie ucheniya po obespecheniyu bezopasnosti v shkolax - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik reportaji: o‘zbek militsiyasi idorasidagi o‘zgarishlar

Ichki ishlar vazirligi rasmiy axborotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda "Mirziyoyev gapidan keyin yuqori rutbali IIV xodimlari uchastka noziriga aylanmoqda" sarlavhasi bilan tarqatilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi hamda Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi va qayd etilgan ushbu ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmagan.

Xususan, xabarlarda ta’kidlangan "O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 10-yanvar kuni bergan og‘zaki tavsiyasi asosida Ichki ishlar vazirligi xodimlarining 86 foizini quyi bo‘g‘inga tushirish ishlari boshlandi", - deb ko‘rsatilgan joyiga IIV keskin e’tiroz bildirgan.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2019-yil 10-yanvar kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan Ichki ishlar vazirligi xodimlarini 86 foizini quyi bo‘g‘inga tushirish to‘g‘risida bironbir topshiriq yoki tavsiya berilmagan", - deya raddiya e’lon qilgan IIV.

Yangiliklar lentasi
0