Haydovchilik guvohnomasini almashtirishda ayrim hujjatlarni talab qilish taqiqlandi

© Lex.uzVoditelskoe udostoverenie - ID-karta
Voditelskoe udostoverenie - ID-karta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat qarori bilan “Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida”gi qonunchilikka qo‘shimcha kiritildi.

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Hukumat qarori bilan “Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida”gi qonunchilikka qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar qilindi.

Voditelskie udostovereniya novogo obrazsa - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent IIBB haydovchilik guvohnomasini almashtirishga oid ma’lumotni taqdim etdi

Nizomga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, guvohnomalarni almashtirishda quyidagilarni talab qilish taqiqlandi:

- haydovchining imtihon varaqasi;

- milliy guvohnomani bergan YHXB tasdiqnomasi;

- tibbiy ma’lumotnoma;

- transport vositasini 12 oy boshqarganligini tasdiqlovchi hujjat.

Ya’ni, 2020-yil 31-dekabrgacha milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi guvohnomalarga almashtirish uchun pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning talonigina taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0