MTS O‘zbekistondagi faoliyati uchun AQSh hukumatiga 850 mln. $ to‘laydi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishViveska telekommunikatsionnoy kompanii "MTS"
Viveska telekommunikatsionnoy kompanii MTS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘sha yilning avgustida AQSh hukumati beshta yevropa mamlakatlariga murojaat bilan chiqqan, va "o‘zbek ishi" surishtiruvi doirasida bir milliard dollarlik aktivlarni muzlatib qo‘yishni so‘ragan edi

TOShKENT, 7 mar - Sputnik. MTS - Rossiya mobil operatori AQSh birjalarining qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha komissiyasi hamda amerika adliya vazirligi bilan O‘zbekistondagi shirkatiga nisbatan olib borilayotgan tergov harakatlari bo‘yicha bitim imzoladi va shu bitim doirasida 850 million dollar jarima to‘laydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot-xizmati.

Ofitsialnaya stranitsa kompanii UMS - Sputnik O‘zbekiston
MTS kompaniyasi UMSning 50,01%lik aksiyalarini 1 dollarga sotgani ma’lum bo‘ldi

Kompaniya xabariga ko‘ra, ushbu bitim 2004-yildan 2012-yil o‘rtasigacha O‘zbekistonda faoliyat yuritgan MTS kompaniyasi sho‘’basi atrofida yuz berayotgan surishtiruv ishlariga nuqta qo‘yadi.

MTS ushbu mablag‘larni 2018-yil uchinchi kvartali yakuni bo‘yicha rezervlangan mablag‘lar hisobidan amalga oshiradi.

2015 yilning bahorida AQSh Adliya vazirligi Gollandiya prokuraturasi bilan hamkorlikda Vimpelcom, MTS va skandinaviyaning TeliaSonera kompaniyalarining O‘zbekistonning sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimovaga aloqadorligi aytiladigan Takilant bilan tuzgan bitimlari bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlagan edi.

O‘sha yilning avgustida AQSh hukumati beshta yevropa mamlakatlariga murojaat bilan chiqqan, va "o‘zbek ishi" surishtiruvi doirasida bir milliard dollarlik aktivlarni muzlatib qo‘yishni so‘ragan edi.

Tergov versiyasiga ko‘ra, operatorlar korrupsion sxema yordamida O‘zbekiston bozoriga kirish, chastotalarga ega bo‘lish va mamlakatda amalga oshiriladigan boshqa bitimlar uchun Karimovaga aloqador tuzilmalarga yuz millionlab dollarlarni berganlar. 2016-yilda Vimpelcom ushbu bitim doirasida 795 million dollar jarima to‘lagan.

Yangiliklar lentasi
0