Stavropoldagi YTHda 6 nafar Ozarbayjon fuqarosi qurbon bo‘ldi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GIBDD xabariga ko‘ra avariya sodir bo‘lgan vaqtda miniven ichida 8 kishi bo‘lgan.

TOShKENT, 6 mar – Sputnik. Bugun erta tongda Rossiyaning Stavropol o‘lkasida mudhish YTH yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kapelnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Volgograddagi YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “ZIL”  yuk avtomobili haydovchisi rulda uxlab qolib, yo‘lning qarama qarshi tomonidan kelayotgan Mercedes Vito miniveni bilan to‘qnashib ketgan.

Viloyat FVV bo‘limi xabariga ko‘ra, ushbu YTHda 6 nafar Ozarbayjon fuqarolari vafot etgan yana bir necha kishi turli jarohatlar bilan kasalxonaga joylashtirilgan.

“Dastlabki xulosalarga ko‘ra, Dvorsovskoe qishlog‘i yaqinida Nevinnomisksk tomondan Mineralnie vodi tomonga harakatlanayotgan ZIL avtomobili haydovchisi rulda uxlab qolgan va oqibatda yo‘lning qarama qarshi tomonidan kelayotgan Mercedes miniveni bilan to‘qnashib ketgan", - deyilgan xabarda.

GIBDD xabariga ko‘ra avariya sodir bo‘lgan vaqtda miniven ichida 8 kishi bo‘lgan. Ularning barchaso Ozarbayjon fuqarolari bo‘lishgan.

Yangiliklar lentasi
0