Mirziyoyev hududlarni qay tarzda rivojlantirish kerakligini aytdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po razvitiyu sporta
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po razvitiyu sporta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda prezident, aksariyat loyihalar infratuzilma qulay bo‘lgan tumanlarga joylashtirilib, boshqa hududlar e’tibordan chetda qolmasligi kerakligini ta’kidladi

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ortda qolayotgan hududlar masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po razvitiyu sporta - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev meva-sabzavotlar eksportini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlarni berdi

Yig‘ilishda prezident, aksariyat loyihalar infratuzilma qulay bo‘lgan tumanlarga joylashtirilib, boshqa hududlar e’tibordan chetda qolmasligi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekistonda o‘ttiz ikkita tumanda sanoatning ulushi viloyat ko‘rsatkichining 3 foiziga ham yetmasligi tanqid qilindi. Ushbu tumanlarning geografik joylashuvi, xomashyo bazasi, mehnat resurslaridan keng foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi.  

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasiga har bir tuman kesimida qazilma boyliklari zaxirasidan kelib chiqib, ularni sanoatlashtirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini shakllantirish vazifasi qo‘yildi. 

266 ming gektar yerning unumdorligi pasayib, foydalanishdan chiqib ketgani qayd etildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligiga bu joylarda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi. 

Qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh tumanlarning logistika, eksport va servis salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi. 

Ijtimoiy-iqtisodiy holati nisbatan orqada bo‘lgan tumanlarda kooperatsiya asosida kichik sanoat zonalari tashkil etib, ularda to‘qimachilik, ko‘nchilik, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash bo‘yicha loyihalarni joylashtirish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur tumanlarda ishlab chiqarish va transport infratuzilmalarini rivojlantirishga qaratilgan dastur qabul qilish vazifasi qo‘yildi. 

Soveshanie. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev asosiy investorni qanday tanlamoqda – ekspert fikri

Bosh vazir o‘rinbosarlari rahbarligidagi ishchi guruh joylarga chiqib, o‘ttiz ikkita tumanda har bir yo‘nalish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilishi belgilandi.

"Bu loyihalar aniq bo‘lishi: nechta korxona ishga tushadi, qancha infratuzilma quriladi, qancha aholi band bo‘ladi, degan hamma savollarga javob bo‘lishi kerak", – dedi Mirziyoyev. 

Ta’kidlanishicha, loyihalarni moliyalashtirish manbalari "Har bir oila – tadbirkor", "Yoshlar – kelajagimiz", "Obod qishloq", "Obod mahalla" kabi dasturlar bilan bog‘liq holda hal etiladi. Mazkur tumanlardagi kam ta’minlangan oilalarni o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha maqsadli dastur amalga oshiriladi. Yig‘ilishda ushbu vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy ishlar ham belgilab berildi.

Yangiliklar lentasi
0