Sergey Lavrov Bishkek, Dushanbe va Ashxobodga tashrifini boshlamoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sergey Lavrovning Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda Afg‘oniston bilan bog‘liq xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi.

TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga safarini boshlamoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoning oltmishdan ziyod mamlakatlari Afg‘oniston bo‘yicha navbatdagi majlisni chaqirdilar

Lavrov safarining birinchi kunida Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan uchrashadi. Uchrashuvlar davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qirg‘izistonga mart oyining oxirida bo‘lishi kutilayotgan  tashrifiga doir masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

“Qirg‘iziston - Rossiyaning Markaziy Osiyodagi strategik hamkoridir. Rossiya-Qirg‘iziston munosabatlari ko‘p qirrali xarakterga ega bo‘lib, xalqaro va hududiy muammolarga yondashuvlarning yaqinligi hamda yevroosiy integratsion jarayonlarini rivojlantirishni maqsad qilgan hamkorliklir", - dedi Lavrov Bishkekka tashrifi oldidan.

Qirg‘iziston poytaxtidan Lavrov Dushanbega yo‘l oladi. Dushanbeda Rossiya tashqi ishlar vaziri Emomali Raxmon va Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirodjiddin Muxriddin bilan uchrashuv o‘tkazadi. Rossiya va Tojikiston TIVlari 2019-yilga hamkorlik dasturini hamda oliy darajadagi uchrashuvlar dasturini imzolashi rejalashtirilgan.

Amerikanskiy flag pered Kapitoliyem v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
AQSh: Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini kuchaytirmoqda

Chorshanba kuni esa, Lavrov Ashxobodda bo‘lib, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov va tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashadi. Uchrashuvda 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan Rossiya va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari hamkorligi  dasturi imzolanadi. Shuningldek Lavrov talabalar va Turkmaniston diplomatik korpusi oldida nutq so‘zlaydi.

“Turkmanistonda bir qator xalqaro va hududiy, jumladan Kaspiy dengiziga doir masalalar borasida firk almashiladi. MDH doirasida hamkorlikka alohida e’tibor boriladi”, - dedi mariya Zaxarova ushbu tashrif haqida.

Afg‘oniston - asosiy muammo

Yevroosiyo tahlilchilar klubi a’zosi Nikita Mendkovich aytishiga qaraganda, Lavrovning Markaziy Osiyo bo‘yicha safari kun tartibida, albatta Afg‘oniston masalasi muhokama qilinadi. Oxirgi vaqtlarda u yerda vaziyat tobora yomonlashib bormoqda.

Soldat na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya chegaralarni jangarilardan himoya qilish uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirishga tayyor

“Ushbu tashrif, avallombor, hududdagi xavfsizlik masalaariga bag‘ishlangan. Ma’lumki AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni muhokama qilmoqda. Agar bu amalga oshsa hududda terrorchilik xavfi oshishi mumkin, avvalombor Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham”, - deydi mutaxassis.

Mendkovich fikriga ko‘ra, shu sababdan ham muzokalarda ko‘rib chiqiladigan asosiy masala – chegaralarni qo‘riqlash, terrorchilik va narkotiklar kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish masalasi bo‘ladi.

Undan tashqari Kantda joylashgan Rossiya harbiy bazasini kengaytirish yoki Qirg‘izistonda yangi bazasi tashkil qilish masalalari ham muhokama qilnadigan masalalardir.

“Lekin oxirgi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ana shunday bazani O‘zbekiston yoki Turkmaniston hududida, ya’ni xavf manbaiga yaqinroq hudda joylashtirish – harbiy nuqtayi nazardan maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, - deydi Mendkovich.

Yangiliklar lentasi
0