Qozog‘iston orqali Bishkek-Toshkent avtobus qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

© Sputnik / Igor MaslovReysovie avtobusi
Reysovie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston bir tomonlama tartibda o‘z hududi orqali Bishkek-Toshkent xalqaro tranzit yo‘nalishidagi avtobus qatnovini to‘xtatdi.

TOShKENT, 1 fev – Sputnik. Qozog‘iston hududi bo‘ylab Bishkek-Toshkent avtobus qatnovi vaqtincha to‘xtatildi, hozirgi vaqtda bu muammo hal qilinmoqda. Bu haqda RIA Novosti O‘zbekiston avtomobil transport agentligi vakiliga tayangan holda xabar qildi.

“Harakat batamom to‘xtatilgani yo‘q. Bu vaqtinchalik holat, biz jiddiy kamchiliklarni ko‘rmayapmiz”, - dedi “O‘zavtotrans” vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra,  2018-yil oxirida Qozog‘iston tomoni ushbu yo‘nalishda avtobuslar qatnoviga o‘zgartirishlar kiritishni so‘ragandi.

Avtobus na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston o‘z hududi orqali Bishkek-Toshkent avtobus qatnovini to‘xtatdi

“Harakat jadvali yaqin vaqtda hal qilinishiga ishonchim komil”, - deb qo‘shimcha qildi “O‘zavtotrans”.

Bishkek-Toshkent xalqaro avtobus qatnovi – o‘tgan yilning aprel oyida Qirg‘iziston va O‘zbekiston prezidentlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ochilgandi.

Bu tranzit qatnov qo‘shni Qozog‘iston hududi orqali o‘tadi. Qatnov Qirg‘iziston va O‘zbekiston ikki yirik transport kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

Yangiliklar lentasi
0