O‘zbekistonda siyosatchilarni tayyorlaydigan kafedra ochildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBivshee zdanie MID Uzbekistana
Bivshee zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti qaroriga muvofiq Diplomatiya universitetida "Siyosatshunoslik" kafedrasi tuzildi.

TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Vizit Ofitsialnogo predstavitelya MID RF Marii Zaxarovoy v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Mariya Zaxarova Toshkentda: o‘zbekona lutf, ochiq javoblar va diplomat bo‘lish siri haqida

Qaror bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul kvotalari quyidagicha belgilandi:

"Siyosatshunoslik" bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta (5 ta grant);

"Amaliy siyosatshunoslik" magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 10 ta (2 ta grant);

"Siyosiy fanlar" tayanch doktorantura yo‘nalishi uchun 4 ta, doktoranturada 2 ta.

Qarorga muvofiq universitetda “Siyosatshunoslik” kafedrasi tuzildi.

Kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishi siyosatshunoslik fanlari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0