O‘zbekiston hukumatida muhim o‘zgarishlar: yangi lavozimlar va tugatilgan tuzilmalar

Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasi boshqaruv xodimlarining soni 75 nafarga qisqardi.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Smartfon Android One - Sputnik O‘zbekiston
Hukumat mobil aloqa tizimi joriy etiladi

Qarorga muvofiq Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida quyidagilar tugatildi:

- Bosh vazirning o‘rinbosarlari – iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha komplekslari rahbarlari lavozimlari, shuningdek, ularning apparatlari (kotibiyat);

- Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti;

- mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish komplekslari, tarmoqlari va sohalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti.

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga quyidagi lavozimlar kiritildi:

Ministr vneshney torgovli Uzbekistana Elyor Ganiyev  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumatidagi o‘zgarishlar: Elor G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

- Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – transport vaziri;

- Bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri;

- Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

- Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

- Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

- Bosh vazirning yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;

- Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi.

Bunda Bosh vazirining maslahatchilari Prezident bilan kelishgan holda Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Vazirlar Mahkamasi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 178 (ilgari 253 ta) nafar etib belgilandi.

Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari tomonidan xo‘jalik jamiyatlari va kompaniyalar, shuningdek, davlat ulushiga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar faoliyati ustidan bir vaqtning o‘zida rahbarlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0