AQSh razvedkasi O‘zbekistonni radikal oqimlarga zaif deb hisoblamoqda

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishFlag radikalnoy islamistskoy organizatsii IGIL
Flag radikalnoy islamistskoy organizatsii IGIL - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq ekspertlar Afg‘onistondagi keskin vaziyat tufayli O‘zbekiston uchun tahdid mavjudligini ta’kidlashgandi.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Iqtisodiyot va davlat boshqaruvi bo‘shligi sababli O‘zbekistonda radikal oqimlar tahdidi saqlanib qolinmoqda.

Bu haqda RIA Novosti AQSh milliy razvedka direktori Deniyel Kouts bayonotiga asosan xabar qildi.

Prezident assotsiatsii veteranov podrazdeleniya Alfa Sergey Goncharov - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda hujum qilish uchun “IShID” toliblar bilan birlashishi mumkin – rossiyalik ekspert

"Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida O‘zbekistonning siyosiy "ochilishi" mintaqa ichida hamkorlik istiqbollarini yaxshilaydi. Biroq boshqaruv va iqtisodiyot zaifligi radikalizatsiya tahdidlarini oshiradi" – deyiladi Koutsning kongressda qilgan bayonotida.

O‘tgan yil noyabrda Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan respublikada qo‘qqisdan "trevoga" harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgandi.  

Rossiyalik harbiy ekspert Igor Korotchenkoning fikriga ko‘ra, harbiy o‘quv manyovrlar o‘tkazilishga, Afg‘oniston hududidagi o‘ta notinch vaziyat hamda IShID jangarilarining Suriyadan qochib Markaziy Osiyo davlatlari chegarasi yaqinida to‘planishi sabab bo‘lmoqda.  

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenevning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar oqimi boshqa mintaqadan Afg‘onistonga, birinchi navbatda mamlakatning shimoliy qismiga – Tojikiston chegarasiga o‘tmoqda.

"Yaxshi himoyalangan va uncha katta bo‘lmagan chegaraga qaramasdan terrorchilar O‘zbekistonga ham xavf solmoqda", - degan edi diplomat.

Yangiliklar lentasi
0