O‘zbekistonda razvedkachilarni tayyorlaydigan oliygoh tashkil etildi

© Sputnik / Anton KurilkinUzbekskie voyennoslujashie vo vremya konkursa "Tropa razvedchika"
Uzbekskie voyennoslujashie vo vremya konkursa Tropa razvedchika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy institut Mudofaa vazirligining davlat oliy harbiy ta’lim muassasasi bo‘lib, u oltita yo‘nalish bo‘yicha taktik bo‘g‘indagi ofitser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi, dedi Sputnik muxbiriga Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati vakili

TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu sohada harbiy-ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.

Qo‘shinlarda 1992—1993 yillardan beri birinchi marta tungi vaqtda parashutdan sakrash, suv sathiga sakrash, guruh bo‘lib uchish mashqlari o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
2018 yil: O‘zbekiston armiyasining eng yorqin voqealari

O‘zbekistondagi ushbu harbiy institut Mudofaa vazirligining davlat oliy harbiy ta’lim muassasasi bo‘lib, u oltita yo‘nalish bo‘yicha taktik bo‘g‘indagi ofitser kadrlarni ikki yillik tayyorlashni amalga oshiradi, dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati vakili.

Bular, aloqa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; maxsus aloqa va davlat sirlarini muhofaza qilish taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; havo hujumidan mudofaa radiotexnika qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi; havo hujumidan mudofaa zenith-raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondonlik-muhandisligi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Uzbekistane otkrilsya perviy voyenniy institut
O‘zbekistonda razvedkachilarni tayyorlaydigan oliygoh tashkil etildi - Sputnik O‘zbekiston
V Uzbekistane otkrilsya perviy voyenniy institut

Shuningdek, yangi tashkil etilgan harbiy institut Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnoma bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0