Toshkentda Yandeks.Tirbandlik svetofori ishga tushdi

© Sputnik V Tashkente zarabotal servis "Yandeks-probki"
V Tashkente zarabotal servis Yandeks-probki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yandeksning bosh sahifasida, Navigator va Yandeks.Xaritada yo‘llardagi vaziyatni ko‘rsatuvchi svetofor paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. 24-yanvar kuni Yandeks Toshkent ko‘chalaridagi bandlikni 10 balli shkala bo‘yicha baholashni boshladi. Yandeksning bosh sahifasida, Navigator va Yandeks.Xaritada yo‘llardagi vaziyatni ballarda ko‘rsatuvchi svetofor paydo bo‘ldi.

0 dan to 3 ballgacha – yo‘llar ochiq, 4-5 – harakat qiyinlashgan, 7-10 jiddiy tirbandlik. Haydovchi svetoforga qarab, yo‘ldagi tirbandlikni bilib olishi mumkin.

Prezentatsiya Yandeks.Telefona - Sputnik O‘zbekiston
"Yandeks" o‘z smartfonini savdoga chiqardi

Yo‘llarning qanchalik tirbandligini baholash uchun Yandeks turli manbalardagi ma’lumotlardan foydalanadi. Ma’lumotlar haydovchi haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmaydi, shunchaki uning turgan joyi, yo‘nalishi va avtomobil harakatining tezligini ko‘rsatadi. Harakat tezligiga ko‘ra tizim mashina tirbandlikda turibdimi yoki odatdagi tezlik bo‘yicha ketayotgani aniqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda “Yandeks. Ob-havo” xizmati yog‘ingarchiliklar xaritasini ishga tushirgani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0