Uyatli sahnalar bizga yot: Tojikistonda filmlar qattiq nazoratga olinadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishZriteli v spetsialnix ochkax na otkritii lazernogo kinoteatra IMAX
Zriteli v spetsialnix ochkax na otkritii lazernogo kinoteatra IMAX - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda “Tojikfilm” kinostudiyasi nafaqat kinokartinalar yaratadi, balki mamlakatda va xorijda ishlab chiqarilgan filmlardagi ochiq sahnalarni qirqib tashlash bilan ham shug‘ullanadi.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Tojikistonda davlat telekanallari namoyishdan avval barcha filmlar diqqat bilan tekshiruvdan o‘tkaziladi va ochiq sahnali kadrlar qirqib tashlanadi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.

Zima v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Dushanbeda migrantlar muammolari to‘g‘risida film namoyish etildi

Tojikiston televidenie va radioeshittirishlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mahmadsharif Bobozodaning ma’lum qilishicha, davlat telekanallari orqali namoyish etiladigan filmlardagi ochiq sahnalarning taqiqlanishi yot madaniyatni targ‘ib qilishning oldini olish va milliy qadriyatlarni hurmat qilishga qaratilgan.

Bir yil avval “Tojikfilm” kinostudiyasi mahalliy va xorij filmlaridagi ochiq sahnalar mamlakat hududlaridagi ekranlarda namoyish qilinishidan va mahalliy telekanallarda ko‘rsatilishidan avval qirqib tashlanishini taklif qilgan edi.

“Ishoning, uyatli sahnalarning namoyish etilishi bizning madaniyatimizga mos kelmaydi. Tasavvur qiling, oila davrasida film tomosha qilayapsiz, kutilmaganda ishqiy sahnalar paydo bo‘lib qoladi. Qiz ota oldida xijolat bo‘ladi, ota esa qiz oldida noqulay ahvolga tushib qoladi”, - deydi Mahmadsharif Bobozoda.

Kinostudiyadagi manbaning aytishicha, hukumat tomonidan qabul qilingan “Tojikfilm”ning yangi nizomiga kinokartinalarda axloqni muhofaza qilish to‘g‘risida maxsus punkt kiritilgan. Unga ko‘ra, endilikda “Tojikfilm” kinostudiyasi nafaqat kinokartinalar yaratadi, balki mamlakatda va xorijda ishlab chiqarilgan filmlardagi ochiq sahnalarni qirqib tashlash bilan ham shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0