Pokistonda toliblar harakati asoschisining o‘g‘li o‘ldirildi - OAV

© AFP 2023 / ARIF ALI Pakistanskaya politsiya
Pakistanskaya politsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir muddat oldin afg‘on OAVlari toliblarning qator dala qo‘mondonlari Pokiston qurolli kuchlar vakillari bilan uchrashganlaridan so‘ng Pokistonda hibsga olingani haqida xabar bergan edi

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. "Tolibon" radikal harakati asoschisi va ma’naviy yetakchisi Muhammad Umarningto‘ng‘ich o‘g‘li Mulla Yoqub Pokiston hududida o‘ldirildi, deb xabar qildi seshanba kuni IRNA agentligi o‘z manbalariga tayangan holda.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Toliblar Afg‘onistonda g‘alaba qozonib bo‘lmasligini tan olishdi

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Yoqub Pokistonning Kvetta shahridan Peshavarga - Xayber-Paxtunxv provinsiyasi poytaxtiga kelgan va o‘sha joyda noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirilgan. Boshqa manbalar xabariga ko‘ra, mulla avval o‘g‘irlab ketilgan, so‘ngra o‘ldirilgan.

Bir muddat oldin afg‘on OAVlari toliblarning qator dala qo‘mondonlari Pokiston qurolli kuchlar vakillari bilan uchrashganlaridan so‘ng Pokistonda hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

"Tolibon" vakillari hozircha bu xabarga izoh berganlari yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0