Diplomatiya universiteti talabasi gavjum joyda osilgan holatda topildi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yigitning yoshi 23 yoshdaligi, u Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti "Xalqaro munosabatlar" bo‘limining 4 kurs talabasi bo‘lgani ma’lum.

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. Toshkentdagi diplomatiya universiteti talabasi Yunusobod 12-dahasidagi jamoat joyda arqonga osig‘liq holatda topildi.

Rabota militsii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida 9 sinf o‘quvchisi osilgan holda topildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, jasad 15-yanvar kuni ertalab taxminan 7.50 da Yunusobod 12-daha odamlar o‘tadigan yo‘lakdagi daraxtlarning birida osig‘liq holatda topilgan.

Idora xabariga ko‘ra, ko‘zdan kechirish davomida halok bo‘lgan yigitning tanasida zo‘ravonlik alomatlari aniqlanmagan.

Sud-tibbiy ekspertizasi yigit sirtmoq orqali nafas olish yo‘llari bo‘g‘ib qo‘yilishi - mexanik asfiksiya tufayli, vafot etgan. Ya’ni u osilish orqali o‘z joniga suiqasd sodir etgan.

Yigit nega o‘zini osgani sabablari hozircha ochiqlanmayapti.

Prokuratura ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.

Yigitning yoshi 23 yoshdaligi, u Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti "Xalqaro munosabatlar" bo‘limining 4 kurs talabasi bo‘lgani ma’lum.

Yangiliklar lentasi
0