Toshkentda zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi

© Sputnik/ Aleksey Nikolskiy Ukrasheniya
Ukrasheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi 10 tonnagacha yetkaziladi va 100 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

TOShKENT, 11 yanv – Sputnik.  “Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Kontrabanda zolota - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i bekor qilinadi

Mazur investitsiya loyihasi “Imperial Jewelry Inc” (AQSh) tomonidan uch yillik davrda kiritiladigan 20 million dollar miqdoridagi investitsiya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirish muddati yakunigacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 10 tonnagacha yetkaziladi hamda 100 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-aprelgacha “O‘zbekzargarsanoat” quyidagi masalalar bo‘yicha takliflarni Hukumatga kiritadi:

- ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lgan korxonalarda qimmatbaho metallar yombisi ishlab chiqarish;

- zargarlik buyumi ishlab chiqaruvchi korxonalarga lizing asosida qimmatbaho metallar berilishi mexanizmini joriy etish;

- zargarlik buyumi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar parchasi va qayta ishlangan qimmatbaho toshlarni yuridik va jismoniy shaxslardan shartnoma asosida sotib olish huquqini berish.

Yangiliklar lentasi
0