O‘zbekistonning aloqa operatorlari ommaviy spam tarqalayotgani haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishMujchina s telefonom
Mujchina s telefonom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tarqalayotgan mazkur spam-xabarlarda aytilishicha, bu bonusni olish uchun xabarni boshqa 20 abonentlarga yuborish zarur. Bu xabarlar ko‘p sonli abonentlar orasida tarqalishga ulgurilgan.

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekistonning yetakchi mobil aloqa kompaniyalari — Beeline, UMS va Uzmobile fuqarolarni ommaviy spam tarqalayotgani haqida ogohlantirdi.

O‘zbek telegraf agentligining (O‘zTAG) xabar berishicha, SMS, messenjer va ijtimoiy tarmoqlar orqali kompaniya go‘yo o‘z tug‘ilgan kunida bepul internet-trafik va daqiqalar shaklida bonuslar berayotganligini haqida xabarlar tarqalmoqda.

MMM reklamasi Zubovskiy bulvarda  - Sputnik O‘zbekiston
"Ko‘rshapalak uyasi": O‘zbekistonda yangi moliyaviy piramida ommalashmoqda

Tarqalayotgan mazkur spam-xabarlarda aytilishicha, bu bonusni olish uchun xabarni boshqa 20 abonentlarga yuborish zarur. Bu xabarlar ko‘p sonli abonentlar orasida tarqalishga ulgurilgan.

Kompaniyalar bu xabar yolg‘onligini ma’lum qilib, abonentlardan unga ishonmaslikni so‘rashdi, shuningdek, spam manbasini topish va uni bartaraf qilish choralari ko‘rilayotganligini aytib o‘tganlar.

Yangiliklar lentasi
0