Xalq ta’limi vazirligi rahbarlik lavozimlariga ochiq tanlov e’lon qildi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvallari xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlarini tayinlash tizimi shaffof emasligi bois bir qancha savollar yuzaga kelar edi, deyiladi vazirlik xabarida

TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytida Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridagi viloyat xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari vakant lavozimlariga bo‘sh ish o‘rinlarini e’lon qilindi.

Uchebniy god v shkolax Uzbekistana nachalsya 5-sentabrya - Sputnik O‘zbekiston
O‘qituvchilar haqida qonun va prezident maktablari: XTVning 2019-yil uchun rejalari qanday?

Vazirlik ushbu lavozimlarga birinchi marta ochiq tanlov o‘tkazmoqda. Avvallari xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlarini tayinlash tizimi shaffof emasligi bois bir qancha savollar yuzaga kelar edi, deyilgan xabarda.

Hozirda ish.uzedu.uz saytiga tashrif buyuruvchilar Toshkent shahridagi maktablar, xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek Xalq ta’limi vazirligining respublika tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishlari mumkin. Sinov muvaffaqiyatli yakunlangach, mazkur tizim O‘zbekistonning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etilishi aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, bo‘sh ish o‘rinlarini ochiq e’lon qilinishi nomzodlarning ma’lumotlar bazasini yaratishga hamda eng yaxshi nomzodlarni tanlab olishga imkon beradi.

Xalq ta’limi vazirligining Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Aziz Karimovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tizimdagi barcha jarayonlarning oshkoraligini ta’minlash ustida ish olib borilmoqda.

Bo‘sh ish o‘rinlarining jamoatchilikka ochiq e’lon qilinishi orqali nomzodlar tanlashda raqobat kuchaytiriladi. Bu esa o‘z navbatida malakali mutaxassislarni tanlash imkoniyatini yuzaga keltiradi.

Yangiliklar lentasi
0