Toshkentda Hindistonning Amiti universiteti tashkil etildi

© Sputnik / Maksim BogodvidStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, komputer va dasturiy injiniring, sun’iy intellekt va menejment sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Yangi o‘quv yilidan Toshkent shahrida Amiti universitetining (Hindiston) filiali ochiladi. Bu haqda tegishli qaror 7-yanvarda qabul qilindi, deb xabar qildi O‘zbekiston Axborot texnologiyalari  va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yoshlarning bir vaqtda bir nechta oliygohga hujjat topshirish imkoni bo‘ladi

Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, komputer va dasturiy injiniring, sun’iy intellekt va menejment sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.
Amiti universiteti – Hindistonda yetakchi xususiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Ta’lim muassasasining bosh korpusi Noida shahrida joylashgan bo‘lib, uning 11 ta shaharda (Mumbay, Jaypur, Kolkata va boshqalar) kampuslari mavjud. Shuningdek, Nyu-York, London, Dubay, Singapur, Xitoy, JAR va jahonning boshqa shaharlarida filiallari faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston ta’lim tizimida o‘zgarishlar bormi? ˃˃˃

Eslatib o‘tamiz, mazkur universitet filialini ochish bo‘yicha kelishuv Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan edi.

Yangiliklar lentasi
0