Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaDetskiy sad №74 v maxalle Bogishamol Yunusabadskogo rayona g. Tashkenta
Detskiy sad №74 v maxalle Bogishamol Yunusabadskogo rayona g. Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Kamera videonablyudeniya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda barcha bog‘chalar videokuzatuv moslamalari bilan jihozlanadi

Qaror bilan Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi belgilandi.

Shunga ko‘ra, Jamg‘arma mablag‘lari:

- maktabgacha ta’lim muassasalarini belgilangan tartibda qurilishlarning manzilli ro‘yxatiga kiritib, ularning tarmog‘ini kengaytirishga;

- maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga;

- yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni, shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida Vazirlikka ishlash uchun jalb qilishga;

- ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi.

Shavkat Mirziyoyev posetil detskiy sad №74 v maxalle Bogishamol Yunusabadskogo rayona g. Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar berdi

Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash Jamg‘arma faoliyatini boshqarish kengashi tomonidan amalga oshiriladi. 

Vazirlikning Moliyaviy-iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirish boshqarmasi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.

Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar Vazirlikning budjetdan tashqari boshqa mablag‘laridan alohida yuritiladi.

Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi. 

Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi bo‘yicha nazorat Moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.  

Yangiliklar lentasi
0