Hindistonda yirtqich qoplon uch yoshli bolani o‘rmonga olib qochdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishLeopard
Leopard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, oxirgi ikki oy davomida bu uchinchi holat.

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Yirtqich qoplon Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi uylardan biriga kirib, yosh bolani olib ketib qoldi, deb xabar qildi RIA Novosti NDTV telekanaliga asosan.

Tadj-Maxal — mavzoley-mechet, naxodashiysya v Agre, Indiya - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston hukumati Toj Mahalni turistlar oqimidan qutqarmoqchi

Hindiston huquq tartibot organ xodimlari ma’lumotlariga ko‘ra,  yirtqich hayvon uyga kirganda uch yoshli Vasim Akram onasi bilan oshxonada bo‘lgan. Qoplon bolaga hujum qilib, uni o‘rmonga olib qochadi. Bir necha soatdan keyin bolani boshsiz topiladi.

Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki oy davomida bu uchinchi holat.

Bundan avval huddi shu tumanda qoplon 7 yoshli bolaga hujum qilgandi. Qo‘riqlash xizmati xodimi aytishicha, yirtqich hayvonni tutib olish imkoni bo‘lmadi.

Hindistonda 12-14 ming qoplon yashaydi. 2017-yilda 430 bosh qoplon o‘ldirilgandi. Ko‘pchilik brakonyerlarni qoplonlarning terisi qiziqtiradi.

Yangiliklar lentasi
0