Hukumat mobil aloqa tizimi joriy etiladi

© Collage SputnikSmartfon Android One
Smartfon Android One - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu tizim 2019-yil 1-apreldan boshlab davlat organlari, tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun o‘z xizmat vazifalarini bajarishda foydalanish majburiy etib belgilandi.

TOShKENT, 14 dek  — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Ruki s mobilnimi telefonami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aloqa operatorini o‘zgartirganda telefon raqamini saqlab qolish mumkin bo‘ladi

Farmonga muvofiq, Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi elektron hukumat sohasidagi hamda davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etishda vakolatli organ etib belgilandi.

Shuningdek, Agentlik ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davlat organli va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul hisoblanadi.

Bundan tashqari, axborot tizimlari, resurslari hamda dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish bo‘yicha loyihalar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Agentlikda ekspertizadan o‘tkazilishi shartligi belgilandi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriligiga “Elektron hukumat” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishi va moliyalashtirilishini to‘xtatish hamda ularni to‘liq xatlovdan o‘tkazish vazifasi topshirildi.

Mobilnie operatori Megafon i Bilayn - Sputnik O‘zbekiston
Sifatsiz internet va aloqa uchun jarimalar miqdori tasdiqlandi

2019 yil 1-aprelga qadar Agentlik loyihalarni tanqidiy ko‘rib chiqib, loyihaning maqsadga muvofiq, dolzarb, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsad va vazifalarga mos keladiganlarini davom ettiradi hamda 2019-yil 1-maygacha “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish konsepsiyasiloyihasini ishlab chiqadi.

Aloqaning maxfiyligi, tezkorligi, xavfsizligi va telekommunikatsiya xizmatlariga sarflanadigan budjet mablag‘larining tejalishini ta’minlaydigan hukumat mobil aloqasi tizimi joriy etiladi.

Ushbu tizim 2019 yil 1-apreldan boshlab davlat organlari, tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun o‘z xizmat vazifalarini bajarishda foydalanish majburiy etib belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0