TOShKENT, 13 dek – Sputnik. Kamchatka falokatlar tibbiy markazi shifokori Aleksandr Prosin samolyot bortida o‘zbekistonlik ayolning hayotini saqlab qoldi, deb xabar qilmoqda Kamchatka Tibbiyot vazirligi sahifasi.
Voqea 10-dekabr kuni sodir bo‘lgan. Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan Moskvaga 1731 sonli parvoz bilan uchayotgan samolyotdagi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i keskin yomonlashadi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik ayolga Kamchatkadagi klinikalardan birida o‘tkir kasallik tashxisi qo‘yilgan va darrov kasalxonaga yotish tavsiya etilgan, lekin u Toshkentga uchishni ma’qul ko‘rgan.
Parvoz davomida ayolning holati keskin yomonlashdi. Aleksandr Prosin bemorga og‘riq qoldiruvchi muolajalar qildi va 1,5 soat davomida uning hayotini xavfdan saqlab turadi.
Samolyot yaqin oradagi aerodrom — Mirniy shahrida shoshilinch qo‘nib be’mor tez yordam brigadasiga topshirildi.

