Turdenev Rossiya-O‘zbekiston aloqalari haqida: munosabatlarimiz 26-yil oldin boshlanmagan

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPerviy zampred komiteta po obrazovaniyu i nauke Gosdumi Gennadiy Onishenko i posol Rossii v respublike Vladimir Turdenev
Perviy zampred komiteta po obrazovaniyu i nauke Gosdumi Gennadiy Onishenko i posol Rossii v respublike Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz bugungi kunda madaniy-gumanitar hamkorlik bu - mayin kuch, deb gapirishga odatlanganmiz. Men esa bu hamkorlikni xalqalarimizni bog‘lab turgan o‘sha minglab-yuz minglab rishtalarning eng muhim yo‘nalishlardan biri deb bilaman", - dedi Turdenev

TOShKENT, 11 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqdoshlik munosabatlari ayniqsa so‘nggi ikki yilda juda muhim, aniq ma’no kasb etmoqda, dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev bugun, seshanba kuni, Toshkentda o‘tkazilgan ikki davlat aloqalaridagi gumanitar o‘lchovlarga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanda.

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: O‘zbekiston iqtisodiyotida va o‘zbek xalqi hayotida katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y beradi

Tadbirni ochib bergan diplomat Rossiya-O‘zbekiston aloqalari haqida gapiriladigan bo‘lsa, munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan sana yodga olinishini aytdi.

"Bu aloqalar 26-yil muqaddam yo‘lga qo‘yilgani, bu vaqt mobaynida o‘zaro aloqalar strategik sheriklik va ittifoqdoshlik xarakterga ko‘tarilganini e’tirof etamiz. Va so‘nggi ikki yilda ushbu strategik sheriklik va ittifoqdoshlik munosabatlari juda muhim, aniq ma’no kasb etayotganiga urg‘u beramiz", - deb qayd etdi diplomat.

Rossiya elchisi shu o‘rinda O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan aytilgan bir jumlani yodga oldi.

"Islom Abdug‘aniyevich o‘zining bir gapida Rossiya va O‘zbekistonning o‘zaro aloqalariga tavsif berar ekan, xalqlarimizni bog‘lab turgan minglab, o‘n minglab rishtalar haqida aytgan edi. Shu o‘rinda tarixchi, jamoat arbobi  Yuliy Stepanovich Fliginning so‘zlarini keltirishni o‘rinli deb bilaman, bizning munosabatlarimiz 26-yil oldin boshlanmagan, ular ancha oldin boshlangan. Negaki xalqlarimiz birga bo‘lishgan va ular haqiqatda minglab rishtalar bilan bog‘langanlar", - dedi Turdenev.

Elchi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida gumanitar-madaniy aloqalarga katta e’tibor qaratilganini qo‘shimcha qildi.

"Biz bugungi kunda madaniy-gumanitar hamkorlik bu - mayin kuch, deb gapirishga odatlanganmiz. Men esa bu hamkorlikni xalqalarimizni bog‘lab turgan o‘sha minglab-yuz minglab rishtalarning eng muhim yo‘nalishlardan biri deb bilaman", - dedi elchi va bugungi tadbir ushbu o‘zaro munosabatlar tarixidagi haqiqani qayta yaratishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.

 

Yangiliklar lentasi
0