Qozog‘istonda 51 nafar O‘zbekiston fuqarosi qutqarib qolindi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishMujchina v avtobuse u zamerzshego okna
Mujchina v avtobuse u zamerzshego okna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda trassada buzilib qolgan avtobusdan 51 nafar O‘zbekiston fuqarolari qutqarib qolindi.

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Qozog‘istonning "Olma-Ota – Yekaterinburg" trassasida buzilib qolgan avtobusdan 51 nafar O‘zbekiston fuqarosi qutqarib qolindi, deb xabar qilmoqda qo‘shni mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Qozog‘iston FVVga 5-dekabr kuni tong soat 4 lar atrofida “Olma-Ota – Yekaterinburg” trassasidv avtobus buzilib qolgani haqida xabar yetib keladi. Tezkor brigada voqea joyiga yetib kelib cho‘lda buzilib qolgan avtobus yo‘lovchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va birinchi yordamni ko‘rsatadi. Yo‘lovchilardan 35 nafari Sarishagan shaharchasi vokzaliga, 16 kishi esa Aziya Petrol kafesiga olib borib qo‘yildi.

Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 52 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan avtobus egasi qo‘lga olindi

Shuningdek, FVV xodimlari tomonidan buzilib qolgan “Gazel” mikroavtobusidan 8 nafar Qirg‘iziston fuqarolari ham qutqarib qolindi. Ular Sarishagan posolkasidagi dam olish uyiga joylashtirilgan.

Qozog‘iston FVV xabariga ko‘ra, har qanday texnika yo‘lda buzilib qolishi mumkin. Boshqa vaqtda bir ikki soat davomida mashina ichida o‘tirib yordam kutish mumkin bo‘lsa, qish vaqtda buning iloji yo‘q. Darhol yordam ko‘rstatilmasa yo‘lovchilar sovuqdan muzlab qolishlari mumkin.

Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida bugungi kunda  Qozog‘iston hududidagi trassalar bo‘yida 40 ta ekstremal yordam ko‘rsatish punktlari ishlamoqda. Ular o‘tayotgan har qanday avtotransportga yordam ko‘rsatishga tayyor. 2018-yilning qishgi mavsumi boshidan buyon FVV xodimlari 60dan ortiq kishining hayotini saqlab qolishdi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0