Ishonchli odam: Shavkat Mirziyoyevga ishonch bildirayotgan rossiyaliklar soni ortdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sprava) pered nachalom neformalnoy vstrechi glav gosudarstv SNG
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sprava) pered nachalom neformalnoy vstrechi glav gosudarstv SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jamoatchilik fikrini o‘rganish Umumjahon Rossiya markazi MDHga a’zo mamlakatlar yetakchilari orasida rossiyaliklar kimga ko‘proq ishonch bildirishini o‘rganish maqsadida 1600 respondent orasida so‘rov o‘tkazdi

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilda rossiyaliklarning MDH yetakchilariga ishonchi reytingizda uch qatorga ko‘tarildi.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish Umumjahon Rossiya markazi MDHga a’zo mamlakatlar yetakchilari orasida rossiyaliklar kimga ko‘proq ishonch bildirishini o‘rganish maqsadida 1600 respondent orasida so‘rov o‘tkazdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev ikki yil davomida ko‘plab ijobiy ishlarni amalga oshirdi - XMT vakili

Reytingning birinchi bandini Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko egalladi, unga so‘rov o‘tkazilgan rossiyaliklarning 65%i ishonishi qayd etilgan. Ta’kidlab o‘tish joizki, 2017-yil yakunlariga ko‘ra e’lon qilingan reytingda u 62% ko‘rsatkich bilan yetakchi o‘rinni egallagan.

Qozog‘iston yetakchisi Nursulton Nazarboyev ikkinchi o‘rinni egallagan  unga respondentlarning 49%i ishonch bildirishgan, bir yil oldin unga 56% rossiyaliklar ishonch bildirgan bo‘lgan.

Birinchi uchlikni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev uchlikni yakunlagan, unga rossiyaliklarning 14 foizi ishonch bildirganlar.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga respondentlarning 6%i ishonch bildirganlar.

Bu natija Lukashenko, Nazarboyev, Aliyev, Armaniston yetakchisi Armen Sarkisan (8%), Moldova rahbari Igor Dodondan (7%) keyin oltinchi o‘ringa mos.

Qayd etish joizki, bir yil avval Shavkat Mirziyoyev rossiyaliklar ishonchi reytingida to‘qqizinchi qatorda bo‘lgan, va bunda rossiyaliklarning 3%i Mirziyoyevga ishonch bildirganlar.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovga so‘rovda qatnashgan rossiyaliklarning 4%i ishonch bildirishgan. Qirg‘iziston rahbari Sooronbay Jeenbekov va Tojikiston yetakchisi Emomali Raxmonga - 3%dan. Ukraina rahbari Petr Poroshenkoga respondentlarning atigi 1%i ishonch bildirgan.

VSIOM butunrossiya so‘rovi 2018-yil 8-noyabr sanasida telefon orqali o‘tkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0