Qatar OPEKdan chiqishini e’lon qildi

Obuna bo‘lish
Qatar asosiy e’tiborni - tabiiy gaz qazib olish va suyultirilgan gaz ishlab chiqarishga qaratmoqchi.

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. Qatar Neft eksportchilari tashkilotidan chiqishini e’lon qildi. Bu haqida RIA Novosti  Qatarning energetika vaziri Saad ben Shrida al-Kaabiga asosan xabar qilmoqda.

“Qatar OPEKdan 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab chiqadi. Biz dushanba kuni bu haqida tashkilotni ogohlantiramiz”, - deyilgan xabarda.

Vazir aytishiga qaraganda Qatar asosiy e’tiborni - tabiiy gaz qazib olish va suyultirilgan gaz ishlab chiqarishga qaratmoqchi.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s naslednim prinsem Saudovskoy Aravii M. ibn Salmanom Al Saudom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Saudiya Arabistoni OPEK+ shartnomasini muddatsiz davrga uzaytiradi

Qatar suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmini yiliga 77 mln tonnadan 110 mln tonaga yetkazishni rejalashtirigan. Oldin ushbu mamlakat 2024-yilga qadar yana to‘rtta suyultirilgan gaz ishlab chiqarish liniyalari ochishi mumkinligini e’lon qilgan edi.

Elatib o‘tamiz, Qatar 57-yil oldin OPEKka a’zo bo‘lgan edi. Tashkilot miqyosida Qatar neft qazib olish hajmi 1,85 %ni tashkil qildi.  Bugungi kunda Qatar eng yirik suyultirilgan gaz eksport qiluvchi mamlakatdir.

6-7 dekabr kunlari Avstriya poytaxti Venada OPEK+ mamlakatlari vazirlarining neft qazib olish hajmini kamaytirishga qaratilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak.

OPEK - Neft eksportchilari tashkilotiga bugun quyidagi mamlakatlar kiradi: Aljir, Angola, Venesuela, Gabon, Eron, Iroq, Kongo, Quvayt, Qatar, Liviya, BAA, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Ekvatorial Gvineya va Ekvador. OPEK dunyo bozoriga yetkazib berilayotgan neftning 3/2 qismini nazorat qiladi. Rossiya ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0