Toshkentda yo‘qolib qolgan 14 yoshli qiz topildi

Gafurova Visola Ravshan qizi
Gafurova Visola Ravshan qizi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda qidiruvga berilgan 14 yoshli qiz topildi - u qarindoshlarining uyida bo‘lgan.

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. Yakshanba kuni Toshkent shahrida qidiruvga berilgan  14 yoshli o‘smir Visola Gafurova topilgan, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

IIBB xabariga ko‘ra, u to‘rt kundan so‘ng sog‘-salomat holda qarindoshlarining uyidan topilgan. Qandaydir sabablarga ko‘ra bundan uning ota-onasi xabarsiz bo‘lgan.

“Maktab o‘quvchisi Toshkent viloyati, To‘ytepa tumanidan qarindoshlarining uyidan topilgan. Qandaydir noma’lum sabablarga ko‘ra ota-onasi qizining qayerdaligidan bexabar bo‘lgan. Bir necha kun qidirib topa olmaganlaridan so‘ng ular huquqni saqlash organlariga murojaat qilishgan”, - deyilgan xabarda.

Huquqni saqlash organlari qiz bolani topishda yordam bergan, befarq bo‘lmagan hamshaharlarga katta minnatdorlik bildirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0