Turistlarni qanday jalb qilish kerak: Mirziyoyev Xivada maslahat berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vo vremya posesheniya Xivi
Shavkat Mirziyoyev vo vremya posesheniya Xivi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asosiy maqsad - Xivaga kelgan odam katta taassurot, bilim olib ketsin, bu yerda ko‘proq qolib vaqtini mazmunli o‘tkazsin, degan fikrda prezident Shavkat Mirziyoyev

TOShKENT, 30 noya - Sputnik. Prezident Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, Xiva shahrining tarixiy qismini batafsil rejalashtirishga oid loyihalar bilan tanishdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s sotsialno-ekonomicheskimi proyektami otbil v Xorezmskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan joyida tanishish maqsadida Xorazmga jo‘nab ketdi

Davlat rahbariga mamlakatda xalqaro brenddagi mehmonxonalar bunyod etish, savdo va servisni kengaytirishga qaratilgan rejalar taqdim etildi.

"O‘zi biznes nima degani? Manfaat degani. O‘zbekistonda turizm juda manfaatli, istiqbolli soha. Shuning uchun bu sohaga tadbirkorlarni, investorlarni ko‘proq jalb etib, ularga "yashil yo‘lak" qilib berish kerak", - dedi Mirziyoyev xorijlik ishbilarmonlar bilan suhbat davomida ularning investitsiya takliflari bo‘yicha ko‘rsatmalar berar ekan.

Prezident Xiva yaqinida ko‘p qavatli uylar qurib, shaharning tarixiy qismida yashayotgan aholini bosqichma-bosqich ko‘chirish, qal’a ichidagi uylarni sayyohlik obyektlariga aylantirish zarurligi bo‘yicha topshiriq berdi.

"Biz chet ellik turistlarni qadimiy tariximiz va qadriyatlarimiz bilan jalb qilishimiz mumkin. Lekin Xorazmning, Xivaning tarixi to‘liq o‘rganilmagan, uni tanishtirish bo‘yicha tizim ham yo‘q. Shuning uchun Xorazm tarixini eng qadimgi davrdan boshlab yilma-yil o‘rganib, odamlarga sodda tilda tushuntirishni yo‘lga qo‘yish kerak. Muhim davrlar va voqealar, har bir xon hayoti bo‘yicha shou-rumlar tashkil etib, sayyohlarni qiziqtirish zarur. Xivaga kelgan odam katta taassurot, bilim olib ketsin, bu yerda ko‘proq qolib vaqtini mazmunli o‘tkazsin", - dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Turizm qo‘mitasi va boshqa tegishli tashkilotlarga shu bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0