O‘zbekistonda oltin va kumush esdalik tangalari sotuvga chiqarildi

© © Sputnik/ Igor MixalevKlad zolotix monet
Klad zolotix monet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yil 28-noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari ko‘paydi

Sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat.

Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo‘yilgan.

Mazkur esdalik tangalar ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvga chiqariladi. Tangalar “PROOF” sifatiga muvofiq tayyorlangan.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

2018 yil 28-noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0