Yoshlarga grantlar, Alibaba: O‘zbekiston vakillari Xitoy ta’lim tizimini o‘rganishdi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishNatsionalniy muzey Kitaya v Pekine
Natsionalniy muzey Kitaya v Pekine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018-2021 yillarda CCN bilan birgalikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Xitoylik hamkorlar bilan aniq chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazi va CCNning O‘zbekistondagi filiali vakillari 2018-yil 12-18 oktabr kunlari Xitoyga tashrif buyurishdi.

Shavkat Mirziyoyev poruchil razrabotat novie standarti obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim tizimini keskin tanqid qildi

Tashrifdan maqsad – Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan tanishish, hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish, CCN va uning yaqin hamkori hisoblangan Alibaba group kompaniyasi bosh ofisida o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish, shuningdek mazkur davlatda ta’lim olayotgan O‘zbekistonlik yoshlar hayoti bilan yaqindan tanishishdan iborat.

Safar davomida markaz vakillari CCN bosh ofisida ijrochi direktor janob Zhou Yong, Alibaba group kompaniyasi bosh ofisida Iqtisodiy strategik hamkorlikni rivojlantirish komiteti vakili Dream Li,Shanghai Jiao Tong universiteti global aloqalar departamenti direktori Li Ping, Shanghai universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha dekani, professor Yao Ximing va boshqalar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ular bilan O‘zbekiston ta’lim muassasalarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari, qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uzekspotsentr v dni provedeniya pervogo mejregionalnogo uzbeksko-rossiyskogo foruma - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston ta’lim sohasida 100 dan ortiq shartnomalar imzolaydi- MGU rektori

Shanghai universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha dekani, professor Yao Ximing respublika oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yosh o‘qituvchilarni har yili tashkil etiladigan akademik almashinuv dasturida ishtirok etishga taklif qildi. 

O‘zbekistonlik talabalar hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Shanxay sanoat va tijorat oliy o‘quv yurti bazasida CCN tomonidan tashkil etilgan universitetlarga tayyorlov dasturi bo‘yicha ta’lim olayotgan 15 nafar O‘zbekiston yoshlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalarining jihozlanishi, kutubxona va ta’lim jarayoni bilan tanishildi.

CCN bosh ofisi rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuv jarayonida imzolangan anglashuv memorandumida qayd etilgan tadbirlarni amalga oshirish, xususan qisqa muddatlarda Toshkentda Xalqaro tayyorlov dasturini ochish, O‘zbekistonda Xitoy universitetlari bilan qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish, O‘zbekistondagi ta’lim muassasasi bazasida Alibaba group kompaniyasining Elektron tijorat (Global eCommerce Talent Program) qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonlik iqtidorli yoshlar uchun grantlar ajratishni qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

2018-2021 yillarda CCN bilan birgalikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0