Rossiyada O‘zbekiston uzumlari juda yaxshi sotilmoqda - Popovich

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishSbor urojaya vinograda
Sbor urojaya vinograda  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston so‘nggi yillarda mevalarni yetkazib berish hajmini sezilarli darajada ko‘paytirdi.

O‘zbekiston uzumlari Rossiya bozoridagi holati haqida uzumchilik va vino sanoati uyushmasi prezidenti Leonid Popovich o‘z fikrlarini Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qildi.

Ilgariroq EastFruit nashri Ukraina bozorida O‘zbekiston uzumlari raqobatbardoshligi haqida so‘rov o‘tkazgandi. Sifati va ommabopligiga qaramasdan O‘zbekiston uzumlari o‘rtacha narxlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ancha yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Leonid Popovichning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston uzumlari Rossiyada har doim ommabop bo‘lib, Turkiya uzumlari bilan juda yaxshi raqobat qiladi.  

“Narxiga kelsak, O‘zbekiston uzumlari juda yaxshi sotilmoqda, tushunimcha, eksporterlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar tufayli ularga foyda bilan savdo qilish imkonini ham beradi. Biz, albatta, kelajakda rossiyaliklar o‘z uzumlarimizni iste’mol qilishlari uchun harakat qilamiz. Uning sifati ham yomon emas, biroq bunday hajmda yetishtirish va saqlash imkoniyatimiz yo‘q”, - deb ta’kidladi uzumchilik uyushmasi rahbari.

Leonid Popovich ma’lum qilishicha, Rossiyada bu tarmoq rivojlanishiga qaramasdan, O‘zbekiston mevalariga, shu jumladan quruq mevalariga hali juda uzoq vaqt talab bo‘ladi.

Shu yil sentabr oyi boshida Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlarining uchrashuvi chog‘ida Abdulla Aripov o‘zining rossiyalik hamkasblarini respublikadan meva va sabzavotlari yetkazib berilishida “yashil yo‘lak” tashkil etilganligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ekspert fikrini to‘liq quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Popovich: uzbekskiy vinograd vsegda senilsya v Rossii
00:00
1
  • 0,8
  • 1
  • 1,5
  • 2
iVideo haqida
Popovich: uzbekskiy vinograd vsegda senilsya v Rossii
Uzbekistan v poslednie godi sushestvenno uvelichil obyemi postavok fruktov v Rossiyu, uspeshno konkuriruya s tureskoy i daje mestnoy produksiyey. O pozitsiyax uzbekskogo vinograda na rinke RF rasskazal prezident Soyuza vinogradarey i vinodelov Rossii Leonid Popovich.

 

Yangiliklar lentasi
0