O‘zbekistonda gazobeton ishlab chiqaruvchi zavodlar quriladi

© Sputnik / Igor ZaremboGazobeton
Gazobeton - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning har bir viloyatida zamonaviy qurilish materiali – gazobeton ishlab chiqaruvchi zavod quriladi.

TOShKENT, 30 avg – Sputnik. O‘zbekistonda bir necha gazobeton ishlab chiqaruvchi zavod quriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yo‘l-qurilish texnikasi - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zavtoyo‘l” O‘zbekistonda yangi afalt-beton zavodlari ochadi

Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro investitsion forumda Germaniya va Turkiya davlatidan bo‘lgan hamkorlar bilan O‘zbekistonda avtoklav uslubida gazobeton ishlab chiqaruvchi bir necha zavod qurishga kelishib olingan. 

Wehrhann kompaniyasi prezidenti Klaus Bonmann aytishiga qaraganda, bu loyihaning umumiy qiymati 130 million yevroni tashkil qiladi. Dastlab O‘zbekistonning beshta viloyatida bittadan zavod qurish rejalashtirilmoqda.

“Keyinchalik yana 7ta zavod quriladi. Bizning maqsadimiz – O‘zbekistonning har 12 viloyatida bittadan avtoklav gazobeton ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona qurish” , - dedi Bonmann.

Germaniyalik biznesmenning aytishiga qaraganda, yangi qurilish materiali tufayli  O‘zbekiston aholisi zamonaviy va sifatli materialdan uy qurish imkoniga ega bo‘ladi.

Stroitelstvo doma v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev qurilish vazirligini tashkil etdi

Gazobeton – g‘ovak (teshik-teshik) betonning bir turi bo‘lib, zamonaviy qurilish materiali. Uni ba’zan “sun’iy tosh” deb ham atashadi. Oddiy betondan farqi – tarkibida  1-3 millimetrli pufaklar mavjud bo‘lib, ular tufayli beton yengil, yetarli darajada mustahkam hamda issiq va sovuqdan yaxshi himoyalash xususiyatlariga ega bo‘ladi.

Yevropa mamlakatlarida gazobeton 50-yildan ortiq vaqt davomda qurilish materiali sifatida foydalanib kelinmoqda. Gazobeton Rossiyada ham so‘nggi 10-yillda qurilish materiali sifatida keng tarqalgan.  

Wehrhann kompaniyasi 1892-yildan buyon qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi liniyalar  bilan shug‘ullanadi. Avtoklav gazobetin ishlab chiqarish liniyalarini kompaniya 35-yil oldin boshlagan. Bugungi kunda Wehrhann kompaniyasi Rossiyada ham bir necha zavod qurgan.

2018-yilning 29-30 avgust kunlari Jizzaxda Xalqaro investitsion forum o‘tkazildi. Ushbu tadbirdan maqsad Jizzax viloyatining investitsion salohiyatini namoyon etish hamda ishlab chiqaruvchilarning milliy ko‘rgazmasini tashkil etishga qaratilgan. Tadbir davlat investitsiyalar qo‘mitasi va Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0