“Daraxtxo‘r” manqurtlar bizda qanday ko‘payib ketdi? – deputat

© Troll.uzVirubka mnogoletnix derevyev
Virubka mnogoletnix derevyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu chinorlarni siz ekmagansizku, tagiga bir chelak suv quymagansizku. Sizda na manaviy va moddiy xuquq yo‘q daraxtlarni taqdirini xal qilishga, kesishga, pullashga, - deydi deputat.

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. “Daraxtxo‘r” manqurtlar bizda qanday ko‘payib ketdi?  Biz qachon bu darajaga keldik?, - deb yozgan Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati, O‘zLiDep deputatlik guruhi rahbari Nuriddin Zaynitdinov o‘zining Facebookdagi sahifasida.

“Bu vaxshiylik ko‘p ko‘tarildi va gapirildi. Lekin faqat vadalar va quruq gaplar bo‘ldi...
200-yillik chinorni kesib 46 mln. so‘m jarima to‘latish, menimcha kulgili holat. 200-yillik chinor nimalarni ko‘rmagan?

Ohirgi 100-yilda ham bunchalik daraxtlar kesib tashlanmagan.  1 kub.m. chinorni $800-$1000 AQSh dollariga pullayotgan vijdonsiz, manqurt yurtdoshlarimiz va ularga panoxkor bulgan mansabdorlaru, ulardan mebel tayyorlab sotayotgan insofsiz tadbirkorlar, ularni mebelini sotib olib, xashamatli uyini bezatayotgan boylarimiz...
Qachon insofga kelasizlar?

Rubka derevyev v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda noqonuniy kesilgan 2 tup chinor uchun 46 million so‘m jarima belgilandi

Butun chinorlaru-daraxtlarni bitta qo‘ymay qirib, yo‘q qilib, sotib yubormaguningizgachami?!
Bu daraxtlarni, chinorlarni siz ekmagansizku, tegiga bir chelak suv quymagansizku, Sizda na manaviy va moddiy xuquq yo‘q daraxtlarni taqdirini xal etishga, kesishga, pullashga...

Chinorlarni va boshka daraxtlarni kesganlik yoki nobud qilganlik uchun 15-yilgacha qamoq jazosini, 1000 dona daraxt ko‘chatini ekish, 1-yilga cho‘lga saksovul ekish majburiy jazosini berish kerak.

Jazoni kuchaytirish, lozim bo‘lsa, prokuratura tizimida maxsus inspeksiya tuzilisa, shu masala bilan shug‘ullansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Bu masalada O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston ekologik harakatining olib borayotgan faoliyati umuman talabga javob bermaydi. Shuncha minglab daraxtlarning nobud qilinishiga shu ikki tashkilot vakillari vijdonan javob berishlari lozim”, - deb o‘zining so‘zini yakunlaydi Nuriddin Zayniddinov.

Yangiliklar lentasi
0