Ixtisoslashtirilgan AT-maktabga qabul jarayonlari boshlandi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishKonkurs po programmirovaniyu
Konkurs po programmirovaniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlov Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida videokuzatuvlar o‘rnatilgan holda Inha universiteti va Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladi

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018-2019 o‘quv yili uchun 5-sinf o‘quvchilarini qabul qilish maqsadida tanlov e’lon qiladi, deb xabar berdi AKT vazirligi.

Shkolniki Tashkenta sdayut YeGE - Sputnik O‘zbekiston
"Al-Xorazmiy izdoshlari" tanlovi davom etmoqda
Tanlov matematika, ingliz tili fanlaridan yozma shaklda davlat (o‘zbek) tilida o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun maktab direktori nomiga ariza; tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi; 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma; yashash joyidan ma’lumotnoma (viloyatdan kelgan o‘quvchilar Toshkent shahrida yashovchi qarindoshlari tomonidan vasiylikka olinganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi shart); 3x4 hajmda 6 ta fotosurat (oq fon, maktab formasida) kerak bo‘ladi.

Shuningdek, o‘quvchining o‘zlashtirish tabeli nusxasi (1-4-sinf); ota va ona pasport nusxalari va hujjatlar jamlanmasi uchun papka (fayl papkasi) talab etiladi

Hujjatlarni qabul qilish Mirzo Ulug‘bek tumani,Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan Ixtisoslashtirilgan maktab binosi 1-qavatida 2-20 iyul kunlari soat 9:00dan 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Tanlov Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida shaffoflikni ta’minlash maqsadida bevosita videokuzatuvlar o‘rnatilgan holda Inha universiteti va Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0