Saudiya Arabistoni yettinchi yil suriyaliklarga haj safarini ado etishga ruxsat bermayapti

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPalomniki v Mekke
Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni har haj mavsumida avliyo joylarni kelib ko‘rishlari uchun har bir davlatga aholi soniga qarab ziyoratchilar uchun kvota ajratadi. Makkani ziyorat qiladiganlar uchun alohida turdagi viza nazarda tutiladi

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Saudiya Arabistoni qatorasiga yettinchi yil Suriya fuqarolarini Haj ziyoratini ado etishga yaqinlashtirmayapti. Ar-Riyod ziyoratchilar uchun bajarib bo‘lmas talablarni ilgari surgan, deb bayonot berdi payshanba kuni Suriyaning Vaqf vazirligi.

Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston
2018 yilgi haj mavsumi uchun to‘lov miqdori belgilandi
"Saudiya Arabistoni yettinchi yildirki Suriya fuqarolariga haj ziyoratini ado etishlariga ruxsat bermayapti. Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan haj siyosiylashtirilgani tufayli ziyorat qilish talablarini bajarib bo‘lmay qoldi. Islom hamkorlik vazirligi va Haj vazirligining Suriya Tashqi ishlar vazirligi bilan qilgan ko‘psonli muloqotlari hech qanday natija bermayapti", — deyilgan vazirlik xabarida.

Shu bilan bir qatorda Suriya Vaqf vazirligi saudiyachilar aynan qanday talablarni qo‘yishayotganligi haqida hech qanday ma’lumot bermagan.

Vazirlik, shuningdek, qo‘shni Livandagi turistik agentliklar ushbu vaziyatdan foydalangan holda, ziyoratchilarga viza olish tartibini soddalashtirish o‘rniga, paytdan moliyaviy jihatdan foyda ko‘rishga intilayotganliklarini qayd etib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0