Xorijiy kompaniyalar Toshkent xalqa metro yo‘li uchun poyezd yetkazib berishga tayyor

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishLegkoe metro
Legkoe metro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Toshkent xalqa metro yo‘li loyiha ishga tushirish besh bosqichdan iborat.

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Yetakchi xorijiy kompaniyalar Toshkent xalqa metro yo‘li uchun poyezd yetkazib berishga qiziqish bildirishmoqda. Podrobno.uz nashri xabariga asosan.

Passajirka metro polzuyetsya planshetnim kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent metrosida Wi-Fi xizmati ishga tushirildi

"Hozirda xalqa yo‘li uchun poyezd yetkazib berish bo‘yicha takliflarni o‘rganish ishlari bilan maxsus ishchi guruh shug‘ullanmoqda. Yetakchi xorijiy kompaniyalarda bunga qiziqish katta. Shu bilan birga, Toshkent yo‘lovchi vagonlari qurish va ta’mirlash zavodida mahalliy vagonlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Biz, albatta, mahalliy ishlab chiqaruvchini afzal ko‘ramiz. Biroq, xorijiy ishlab chiqaruvchi bilan birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ham ko‘rib chiqmoqdamiz. Boshqa bir qator takliflar ham mavjud", — deya o‘z fikrini bildirdi "O‘zbekiston temir yo‘llari" boshqaruv raisi o‘rinbosari Akmal Kamalov.

Eslatib o‘tamiz, yer usti xalqa metro liniyasining uzunligi 52,1 kilometrdan iborat bo‘ladi. O‘rtacha harakatlanish tezligi 60 km bo‘lib, butun liniyani 1 soat 10 daqiqada o‘tish mumkin bo‘ladi.

2017-2021 yillarga mo‘ljallangan loyiha besh bosqichdan iborat. Jami 35 ta bekat barpo etish rejalashtirilmoqda. Birinchi navbatda yer osti "Do‘stlik" metrosidan Qo‘yliq dehqon bozorigacha 8 ta bekat quriladi, ushbu liniyaning uzunligi 11 km bo‘ladi.

Ikkinchi bosqichda Qo‘yliq bozorini "Olmazor" bekati bilan bog‘laydi. Uchinchi bosqichda "Olmazor" va "Beruniy" bekatlari o‘rtasida yo‘l uchastkasi quriladi. So‘nggi bosqichda esa metro liniyasi "Do‘stlik" bekatiga ulanadi.

Yangi metro yo‘li Yashnaobod, Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor, Sergeli tumanlaridan o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0