Moliya vazirligi tizimida 6 oy ichida 93 nafar rahbar tayinlandi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPustie kresla
Pustie kresla - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil aprel-may oylari o‘zida 52 nafar rahbar tayinlandi.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Moliya vazirligi tizimida ikki oyda 52 nafar rahbar tayinlandi, deb xabar qildi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Moliya, soliq va bojxona organlaridan xodimlar ishdan bo‘shatilishi mumkin

Xabarda aytilishicha, Moliya vazirligi tizimida yuqori kasb mahoratiga ega, samarali mehnat qilib kelayotgan, zamonaviy fikrlash va nostandart holatlarda tezkor qarorlar qabul qila olish xislatlariga ega moliya idoralari xodimlari orasidan rahbarlik lavozimlariga amaliy kadrlar zahirasi shakllantirildi.

Amaliy zahira tarkibidan moliya idorlarida vakant bo‘lgan rahbarlik lavozimlari to‘ldirildi va jami 93 nafar rahbar tayinlandi.

Tayinlanganlarning 54 nafari moliya bo‘limi mudirlari, 28 nafari g‘aznachilik bo‘linmalari boshliqlari va 11 nafari hududiy davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlarini tashkil qildi.

Shu yil aprel-may oylari o‘zida 52 nafar rahbarlar, shulardan 6 nafari viloyat darajasidagi rahbarlar, 22 nafari tuman va shahar moliya bo‘limlari hamda 24 nafari tuman va shahar g‘aznachilik bo‘linmalari boshliqlari tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabr oyida davlat rahbari tanqididan so‘ng turli moliya vazirligi tizimidan 560 dan ortiq xodim bo‘shatilgandi.

Yangiliklar lentasi
0