Kiyevda jurnalist Arkadiy Babchenkoni otib ketishdi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishRossiyskiy jurnalist A.Babchenko deportirovan iz Tursii
Rossiyskiy jurnalist A.Babchenko deportirovan iz Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Seshanba kuni kechqurun Ukraina poytaxti Kiyev shahrida rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenkoni o‘ldirib ketishdi. Arkadiy do‘kondan qaytayotgan mahal, o‘z kvartirasi ostonasida otib ketilgan. Jurnalistning orqasidan bir necha marotaba o‘q uzishgan

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Ukraina poytaxti Kiyev shahrida rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenkoni o‘ldirib ketishdi. Ayni vaqtda Kiyev politsiyasi qasddan sodir etilgan qotillik ishi bo‘yicha surtishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Xabarlarga ko‘ra, seshanba kuni kechqurun Arkadiy do‘kondan qaytayotgan mahal, o‘z kvartirasi ostonasida otib ketilgan. Jurnalistning orqasidan bir necha marotaba o‘q uzishgan.

Jurnalist Pavel Sheremet - Sputnik O‘zbekiston
Kiyevda, taniqli jurnalist Pavel Sheremet halok bo‘ldi
Ukraina Oliy radasi deputati Anton Gerashenkoga ko‘ra — hodisa sabablaridan biri rossiyalik maxsus xizmatlarning harakatlari bo‘lishi mumkin.

Ukraina IIV gumondorning fotosuratini e’lon qilgan. Bu 40-45 yoshlardagi, soqoliga oq tushgan, tim ko‘k rangdagi beysbolka kiygan erkak. Uning bo‘yi 175-180 santimetrni tashkil qiladi, gavda tuzilishi o‘rtacha, qorni bor, deb aniqlik kiritilgan xabarda. Erkak jinsi kurtka va jinsi shimda bo‘lgan.

Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Babchenkoga qarata o‘q uzgan shaxsning yana bir nechta sheriklari bo‘lgan. Babchenkoning qo‘shnisi, qotil glushiteldan foydalangan bo‘lishi mumkin, degan fikrni bildirgan. Ayolning aytishicha, u otilgan o‘q ovozlarini eshitmagan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi rossiyalik fuqaroning o‘ldirilishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Rossiya TIV Ukraina hukumatidan Babchenkoning o‘ldirilishi bo‘yicha tezkor surishtiruv olib borilishi uchun bor choralarni ko‘rishni talab qilmoqda. Rossiya TIV, shuningdek, Ukrainada OAV xodimlariga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik va qotilliklar darajasi tobora oshib borayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0