TIV Rossiyaga boradiganlar uchun registratsiyadan o‘tish bo‘yicha ma’lumot berdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishInostrannie grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoe foto
Inostrannie grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda IIB yoki "Mening hujjatlarim" ("Moi dokumenti") ko‘p funksiyali markazlarida (KFM) ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Rossiya prezidentining qaroriga muvofiq futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan paytda, ya’ni 2018-yil 25-maydan 25-iyulgacha bo‘lgan davrda chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarni ro‘yxatga olish muddati 1 sutkadan 3 sutkaga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Moskovskiy metropoliten - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya deputatlari JCh-2018 vaqtida axloq politsiyasini tashkil qilishmoqchi

Bundan tashqari, ro‘yxatga olish tartibiga yana bir o‘zgartirish kiritildi. Ilgari 2018-yil 25-maydan 25-iyulgacha bo‘lgan davrda chempionat o‘tkaziladigan shaharlardan biriga kelgan xorijliklar yoki Rossiya fuqarolari faqatgina ichki ishlar bo‘linmalarida (IIB) ro‘yxat turishlari lozim bo‘lgan bo‘lsa, endilikda IIB yoki "Mening hujjatlarim" ("Moi dokumenti") ko‘p funksiyali markazlarida (KFM) ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur qaror Rossiyada vaqtincha yashashga ruxsatnoma yoki yashash guvohnomasiga egaligidan qat’i nazar barcha xorijliklarga taalluqlidir. Ushbu tartib faqat futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan 11 ta shaharga borishdagina dolzarb. Bu shaharlar quyidagilar: Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Samara, Sochi, Saransk, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Qozon va Yekaterinburg.

Yangiliklar lentasi
0