Farg‘ona vodiysida 23-may kuni sel kelish xavfi mavjud - FVV

Obuna bo‘lish
Avvalroq respublika hududida yuz bergan sel toshqinlari oqibatida ko‘plab aholi evakuatsiya qilingandi

TOShKENT, 22-may – Sputnik. Ertaga, 23-may kuni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Na ulitse posle sxoda selevogo potoka - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda sel kelishi sababli 750dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

“Ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutiladi, ayrim joylarda yomg‘ir kuchli yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

FVV aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "tezkor raqam”iga murojaat etishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublika hududida yuz bergan sel toshqinlari oqibatida ko‘plab aholi evakuatsiya qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0